Foto: Repost.uz
13-yanvar kuni Toshkent shahrida oxirgi ellik yil ichidagi eng sovuq havo harorat qayd etildi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 13-yanvar kuni poytaxda 19,8 daraja sovuq harorat qayd etilgan. Mazkur koʻrsatkich Toshkent shahrida oxirgi ellik yil ichida qayd etilgan eng sovuq haroratdir.
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi ellik yil ichida eng uzun va sovuq qish mavsumi 2007—2008-yillarda qayd etilgan boʻlib, sovuq davr dekabr oxiridan fevral oyining oʻrtalariga qadar davom yetgan.
Oʻsha vaqtda Toshkentda harorat minimumi -17,4 darajagacha tushgan. Poytaxtda undan avvalgi eng past harorat 1974-yilning yanvarida qayd etilgan — harorat -18,6 darajagacha tushgan.
Toshkent shahrida 1969-yil qishda harorat -23,1 darajagacha tushgan boʻlsa, minimal havo haroratining mutlaq rekordi 1930-yil dekabr oyida -29,5 daraja sovuqni tashkil etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling