Andijonda taʼlim jarayonlari 11-yanvardan boshlanadi

Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ham ertadan ta'lim jarayonlari boshlanishini ma'lum qildi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi taʼlim dargohlarida oʻqish jarayonlari boshlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi holat yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, yanvar oyining ikkinchi oʻn kunligida havo haroratining keskin pasayib ketishi munosabati bilan Andijon viloyatdagi oliy taʼlim, professional taʼlim muassasalari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida belgilangan tartibda ish tashkil etilib, qishki tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan.

"Shu bilan birga, taʼlim muassasalarining kelgusi faoliyati ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi", deyiladi xabarda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ertadan, yaʼni 11-yanvardan offlayn oʻqishlar boshlanishini maʼlum qildi. Bunga sabab Samarqand viloyatida ob-havoning moʻtadil boʻlishi ekan.

Boshqa viloyatlardan keladigan talabalar istisno tarzda onlayn oʻqish grafigi boʻyicha tyutorlarga murojaat qilishlari kerak.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling