Namanganda salkam 3 kg narkotik moddalarni olib ketayotgan shaxslar ushlandi

Aniqlanishicha, moddalar Tojikiston va Qirgʻizistondan uchinchi shaxslar orqali oʻtkazilgan

Videodan lavha

Videodan lavha

“Toshkent – Namangan” yoʻnalishida harakatlanayotgan Cobalt Pop tumanida tekshirilganida, uning yukxonasida 1 kg 874 gr “opiy” moddasi borligi va u mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaroga tegishli ekani maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, ushbu modda Toshkent viloyati Bekobod tumaniga Tojikistondan uchinchi shaxslar orqali oʻtkazilgan.

Shuningdek, “Namangan – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan Lacetti ham Pop tumanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, 901 gr “opiy” moddasi borligi va u mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli ekani maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Namangan viloyatiga uchinchi shaxslar orqali Qirgʻizistondan oʻtkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling