O‘zbekistonda jamoat joylarida shilqimlik qilgan shaxs besh kunga qamalishi mumkin

O‘zbekistonda endilikda er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ining huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekistonda jamoat joylarida shilqimlik qilgan shaxs 5 kunga qamalishi mumkin. 

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda mazkur harakatlar uchun alohida jinoiy javobgarlik kiritilmoqda. 

Xususan, jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, shaxsni, uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash yoxud unga nisbatan shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar uchun alohida maʼmuriy javobgarlik belgilanib, bu harakatlar uchun 1,5 million so‘mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq jazosi nazarda tutilmoqda.

Ushbu qonunga asosan, O‘zbekistonda endilikda er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ining huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Masalan, shaxs o‘z turmush o‘rtog‘ini haqoratlab, qadr qimmatini tahqirlasa 6 million so‘m jarimaga tortiladi, g‘arazli niyatlar bilan kaltaklab, badaniga og‘ir tan jarohati yetkazsa 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling