O'zbekistonda ayrim AYOQSHlar AI-80 benzinini AI-91 va AI-92 markasi ostida sotgani aniqlandi

Zarar salkam 500 mln soʻmga baholangan

Foto: Lada.kz

Foto: Lada.kz

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan yoqilgʻi quyish shoxobchalarida oʻtkazilgan test xaridi jarayonida AI-80 rusumli benzinning AI-91 va AI-92 markasi ostida sotilishi faktlari aniqlandi.

Tekshiruv natijasida Samarqand viloyatidagi “Triada ekspress servis” MCHJ, “Turop Godir” MCHJ va “Muxammad neft oil” MCHJ, shuningdek, Sirdaryo viloyatidagi “SAID AGSM TEX SERVIS” MCHJ, “Bekzod-5”, “Murod Maqsad Trans” va “LUX PETROL” MCHJlarga qarashli yoqilgʻi quyish shoxobchalarida qonunbuzarliklar aniqlandi

Qoʻmita oʻrganish natijalariga koʻra, benzinning notoʻgʻri sotilishi, shuningdek, isteʼmolchilarga toʻliq hajmlarda quyib bermaslik natijasida yetkazilgan zarar miqdori qariyb 489 million soʻmni tashkil etganini qayd etdi.

“Hozirda yetkazilgan zararni qoplash va isteʼmolchilar bilan qayta hisob-kitob qilish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling