Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilari oʻzaro yoʻlovchi talashib mushtlashayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan ”Toshshahartransxizmat“ AJ tomonidan tezkor surishtiruv ishlari oʻtkazilgan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat 28-fevral kuni soat 11:30 da ”1-Avtobus saroyi“ filiali tasarrufidagi 28-sonli avtobus yoʻnalishi haydovchisi N.B hamda ”Avtosantrans-servis“ MCHJga qarashli Isuzu rusumli KCA boʻlgan 155-sonli avtobus yoʻnalishi haydovchisi M.M tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, oʻzaro janjallashib, jamoat tartibini buzganliklari uchun haydovchi N.B va M.Mga nisbatan, Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan MjtKning 183-moddasi (”Mayda bezorilik") bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling