Foto: Repost.uz
1-maydan boshlab davlat xizmatlari uchun soliqlar, yigʻimlar, bojlar, jarimalar va toʻlovlar miqdorini aniqlashda ishlatiladigan BHM 300 ming soʻmdan 330 ming soʻmga oshadi.
Unga koʻra, 1-maydan boshlab yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar quyidagicha belgilanadi:
• Texnik koʻrik, “aptechka” — 165 ming soʻm (ayni vaqtda 150 ming soʻm);
• Xavfsizlik kamarini taqmaslik — 165 ming soʻm (ayni vaqtda 150 ming soʻm);
• Hujjatsiz yurish — 330 ming soʻm (ayni vaqtda 300 ming soʻm);
• Sugʻurtasiz haydash — 330 ming soʻm (ayni vaqtda 300 ming soʻm);
• “Qizil” dan oʻtish — 660 ming soʻm (ayni vaqtda 600 ming soʻm);
• Notoʻgʻri “parkovka” — 660 ming soʻm (ayni vaqtda 600 ming soʻm);
• Telefonda gaplashish — 990 ming soʻm (ayni vaqtda 900 ming soʻm);
• Raqamsiz haydash — 1 mln 650 ming soʻm (ayni vaqtda 1 mln 500 ming soʻm);
• Tezlikni oshirish (20 km/s) — 330 ming soʻm (ayni vaqtda 300 ming soʻm);
• Tezlikni oshirish (20-40 km/s) — 1 mln 650 ming soʻm (ayni vaqtda 1 mln 500 ming soʻm);
• Tezlikni oshirish (+40 km/s) — 2 mln 970 ming soʻm (ayni vaqtda 2 mln 700 ming soʻm);
• Qarama-qarshi harakatlanish — 3 mln 300 ming soʻm (ayni vaqtda 3 mln soʻm);
• Mast holda haydash — 8 mln 250 ming soʻm yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 7 mln 500 ming soʻm);
• Mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 4 mln 950 ming soʻm yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 4 mln 500 ming soʻm);
• Ruxsatsiz “tonirovka” — 8 mln 250 ming soʻm (ayni vaqtda 7 mln 500 ming soʻm);
• “Tonirovka” dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 13 mln 200 ming soʻm (ayni vaqtda 12 mln soʻm).
Eslatib oʻtamiz, yangi tartibga koʻra, 15 kun ichida jarimaning 50 foizi yoki 30 kun ichida jarimaning 70 foizi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda, qoidabuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling