Toshkent viloyatida davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Parkent tumanidagi mahallalardan birining raisi va 1970-y.t. shaxs davlat zaxirasidagi 10 sotix yerni xaridorga 20 ming dollarga sotishga kelishgan.
Ular xairdorga Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali muhandisiga 2-3 ming dollar berish orqali yerning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi, kadastr muhandisi hamda 1970-y.t. fuqaro 17 ming dollar va 37 mln so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.