Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati bir soat avval boshlanadi

Metropolitenning boshqa yo‘nalishlarida poyezdlar harakati soat 05:00 dan boshlanadi.

1-maydan Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida metro poyezdlari harakati ertalab soat 05:00 dan ish boshlaydi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bunda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsad qilingan.

Toshkent metropolitenining boshqa (Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod) yo‘nalishlarida poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar