O'zbekistondagi barcha gaz zapravkalar faoliyati vaqtincha to'xtatildi

Gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda

Foto: Yandex

Foto: Yandex

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz zapravkalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, Respublika bo‘yicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi.

Shuningdek, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi, shu jumladan zaxiralar hisobidan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling