Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan samolyot havo girdobiga tushib qoldi

Maʼlumotlarga koʻra, yetti nafar yoʻlovchi turli tan jarohatlari olgan

Foto: RIA Novosti<br>

Foto: RIA Novosti

Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan Air Astana Air Astana aviakompaniyasining KC 128 reysi kuchli havo girdobiga tushib qoldi. Bu haqda Air Astana aviakompaniyasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 14:35 da uchgan samolyot parvoz vaqtida toʻsatdan kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yetti nafar yoʻlovchi turli tan jarohatlari olgan.

Xabarga koʻra, samolyot 16:45 da Olmaotaga qoʻngan.

Maʼlum qilinishicha, ekipaj aʼzolari yoʻlovchilarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatgan. Uchuvchilar mazkur hodisa haqida aeroport xizmatlarini xabardor qilgan. Tez yordam mashinalari yordam koʻrsatish uchun aeroportda yoʻlovchilarni kutib olishgan.

Aviakompaniya sodir boʻlgan voqeadan afsusda ekanligi va reys yoʻlovchilariga har tomonlama yordam berishini bildirgan. Qayd etilishicha, sodir boʻlgan voqea vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling