Foto: Telegram
Andijonda 11-sinf oʻquvchisi boshqaruvida boʻlgan avtomashinada toʻrt nafar sinfdoshi bilan yʼl transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, yigit yoʻlda mashina boshqaruvini yoʻqotgan va chetda toʻxtab turgan yuk avtomobiliga borib urilgan. Sodir boʻlgan voqea oqibatida mashinadagi maktab oʻquvchilaridan biri vafot etgan, qolganlari esa ogʻir ahvolda.
“Hammadan iltimos qilaman, hujjatsiz mashina boshqarmanglar. Bularning ota-onalari hozir qanday ahvolda? Hozir qizimni telefonda koʻrsangiz, ahvoli yaxshi emas. Bolasini koʻrish uchun Rossiyadan kelolmayapti. Nima boʻlsa boʻlib oʻtiribdi”, — deydi mashina boshqaruvidagi yigitning buvisi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling