Foto: Repost.uz
Oʻzbekiston hududlarida 15-yanvar kuni havo harorati 20 darajagacha sovuq boʻlishi kutilmoqda. “Oʻzgidromet” yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -15...-17 daraja sovuq, kunduzi -6...-8 daraja sovuq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -13...-18 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 daraja sovuq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -11...-16 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -12...-17 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 sovuq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -12...-17 daraja sovuq, baʼzi joylarda 20 darajagacha sovuq, kunduzi -5...-10 daraja sovuq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -12...-17 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 daraja sovuq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -12...-17 daraja sovuq, baʼzi joylarda -20 darajagacha sovuq, kunduzi -5...-10 daraja sovuq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tushishi mumkin. Qor koʻchish havfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -13...-18 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 daraja sovuq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling