Ish haftasi davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Vaqti-vaqti bilan asosan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 18-19-mayda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda 19-may kuni kechasi va kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.

20-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi. 

21-22-may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 25-30 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling