Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida, shuningdek respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati 25-28 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida 30-33 darajagacha bo‘ladi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Havo harorati kundan kunga ko‘tariladi. 15-may kuniga kelib kunduzi havo 32-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 36-38 darajagacha isiydi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 12-15-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 12-mayda 25-27 daraja bo‘ladi, 13-15-mayda 32-34 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.