Videodan lavha
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 10-yanvar kuni “Jiguli” va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 13:30 da Zhongtong rusumli mashina haydovchisi transportini M-37 yo‘lidan Samarqand tomonga boshqarib kelayotgan bo‘lgan.
Bu vaqtda “VAZ-21013” rusumli avtomashina haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan avtobusning yo‘liga chiqib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Oqibatda yengil mashina haydovchisi hamda mazkur avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan bir nafar fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Mashinadagi uch nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (transport vositalaridanfoydalanish xavfsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling