Foto: Uzb_meteo
Kecha, 15-fevral kuni “Qamchiq” dovoni qor koʻchkisi xavfi sababli yopilgan edi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning yozishicha, “Qamchiq” dovonidan kesib oʻtgan “Toshkent-Oʻsh” A-373 avtomobil yoʻlining 239 km qismida qor koʻchkisi sodir boʻldi.
Foto: Uzb_meteo
Togʻ yonbagʻridan tushgan qor koʻchki hodisasi avtomobil yoʻlining 239 km qismiga toʻliq tushgan. Qor koʻchki hodisasi FVV, “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK hamda dovondagi tegishli xizmatlar tomonidan tozalanmoqda.
FVV Matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Angren” va “Ohangaron” vokzaliga kelgan yoʻlovchilar uchun “Ohangaron-Angren-Andijon” qoʻshimcha temiryoʻl reysi yoʻlga qoʻyilgan.
Qayd etilishicha, “Ohangaron”, “Angren”, “Orzu” temir yoʻl bekati va vokzallaridan Pop vokzaligacha 200 nafardan ortiq yoʻlovchi poyezdda evakuatsiya qilinmoqda.
Foto: Uzb_meteo
Shuningdek, xohlovchilar uchun hududlarda isinish maskanlari tashkil etilgan.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorlikdagi xizmatlar ishtirokida yoʻlovchilar oʻz manzillariga xavfsiz yetib olishlari taʼminlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling