“Temiryo‘lekspress” “Navroʻz” bayrami arafasida qoʻshimcha qatnovlarni amalga oshiradi

Qatnovlar 19, 23, 24-mart kunlari “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida bo'ladi.

“Navroʻz” bayrami munosabati bilan yoʻloovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha “Afrosiyob” elektropoyezdlari 19, 23, 24-mart kunlari “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida o’z harakatlarini amalga oshiradi:

• Toshkent markaziy vokzalidan soat 06:10 da (Poyezd №778);

• Buxoro vokzalidan soat 18:08 da (Poyezd №777).

Chiptalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy sayti, mobil ilova va temir yo‘l kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.

Safaringizni oldindan rejalashtiring va bayram kunlarini yoqimli o‘tkazing.

“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati.

Instagram: @afrosiyobexpress

Telegram: @railwayexpress_uz

Reklama huquqlari asosida

Yangiliklar