Foto: Telegram
Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumanidagi “Mexnat” MFYda joylashgan qayta ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʻlum qilinishicha, sexning 200 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va ikkilamchi qayta ishlash chiqindi xomashyolari yongan.
Voqea joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:12 da yetib borib, yongʻin soat 01:18 da oʻrab olingan va soat 02:30 da oʻchirilgan. Yongʻindan binoning 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Ayni paytda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling