Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysida ertaga kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Kunduzgi havo harorati 26-29 daraja atrofida, janubida va cho‘l hududlarda 30-33 darajagacha bo‘ladi.
29-30-aprel kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida 30-aprel kuni ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati kunduzi 28-33 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 35 darajagacha bo‘ladi.
1-mayda respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
30-aprelda shimoli-g‘arbiy hududlarda, 1-mayda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi 26-28 daraja, ertaga 27-29 daraja, 29-30-aprel va 1-mayda 29-32 daraja bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 14-17 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.