Kaniza nima sababdan turmush o'rtog'i va qizalog'ini ko'rsatmayotganini ma'lum qildi — video

Xonanda yomon koʻzlardan qoʻrqadi

Foto: Instagram<br>

Foto: Instagram

Taniqli xonanda Kaniza oʻzining Insatgram sahifasida muxlislar tomonidan unga eng koʻp beriladigan savollarga javob berdi. Maʼlum boʻlishicha, koʻplab muxlislar uning turmush oʻrtogʻi va qizalogʻini nega koʻrsatmayotgani haqida soʻragan.

“Qizim hali juda yosh. Unga nazar tushishidan, yomon koʻzlar tegishidan qoʻrqaman. Hozirda qizimga enaga qarayapti. Nazarimda ishlaydigan koʻplab ayollar buni tushunadi. Erimga kelsak, aytishim mumkin: bu mening shaxsiy hayotim va mening tanlovim.Menga tinimsiz madaniyat, din haqida gapirasizlar, lekin endi sizlarni berayotgan savolinglar madaniyatga toʻgʻri keladimi yo dinimizga toʻgʻri keladimi?”, — deydi xonanda.

Uning taʼkidlashicha xonanda turmush oʻrtogʻini kimligini reklama qilmoqchi emas va u buni sir saqlaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling