Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun, 24-mart kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Janubda va choʻl hududlaridagi baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang toʻzoni kuzatilishi mumkin. Havo harorati +20...+23 darajaga boʻladi.
Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati koʻtarilib, +23...+25 darajani, shimolda, janubda va choʻl hududlarida +27...+29 darajani tashkil etadi.
Respublika togʻli hududlarining baʼzi joylarida 24-26-mart kunlari yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +22...+25 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling