Ijtimoiy tarmoqlarda Chorsu bozorida yong‘in chiqqani aytilgan videolar tarqaldi. Holat bo‘yicha poytaxt FVBB izoh berdi.
Taʼkidlanishicha, Shayxontohur tumani, Saqichmon ko‘chasida joylashgan savdo bozorida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari soat 10:06 da hodisa joyiga yetib borgan.
Maʼlum bo‘lishicha do‘konlarning yorto‘lasida elektr kabeli erishi natijasida tutun xosil bo‘lgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda hodisaning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.