Buxorodagi savdo markazlaridan biri yonib ketdi

Yongʻin oqibatida fuqarolarni tan-jarohati olish va halok boʻlish xolatlari qayt etilmadi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida joylashgan savdo markazlaridan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 7-yanvar kuni soat 05:20 da Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani “Degrezon” MFY Degrezon koʻchasida joylashgan savdo majmuasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman FV boʻlimiga xabar tushgan.

Shunga koʻra 8 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 05:23 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 05:45 da qurshab olingan va yongʻin soat 07:50 da toʻliq bartaraf etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra savdo majmuasining taxminan 250 kvadrat metr maydonda ichki qismi va mahsulotlari yongan.

Yongʻin oqibatida fuqarolarni tan-jarohati olish va halok boʻlish xolatlari qayt etilmadi.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling