Oʻzbekiston Suriyaga qariyb 50 tonnalik insonparvarlik yordami yubordi

Yuborilayotgan insonparvarlik yukiga hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.

Foto: O'zA

Foto: O'zA

Bugun, 21-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Suriyaning zilziladan jabr koʻrgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi, deya xabar bermoqda OʻzA.

“Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar boʻtqasi, odyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar toʻplami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan”, — deyiladi xabarda.

Insonparvarlik yuki yordami koʻrinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali Oʻzbekistondan Suriyaga FVV, Transport vazirligining masʼul xodimlari yetkazib berishadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling