Qozog'istonda buzilib qolgan avtobus ichida 31 nafar o'zbekistonlik yo'lovchi bo'lgani ma’lum qilindi

Qutqaruvchilar tomonidan yoʻlovchilar Aktobe viloyatidagi lagerga joylashtirilgan

Foto: Orda.kz

Foto: Orda.kz

Oʻzbekistonning Aktobe shahridagi Bosh konsulligi Rossiyaning Krasnodar shahridan Qozogʻistonning Sariagʻash shahriga yoʻl olgan oʻzbekistonliklar bilan bogʻliq vaziyatni nazoratga oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Bosh konsullik maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 12-yanvar kuni Samara-Chimkent avtomobil yoʻlining 819-kilometrida Krasnodar-Sariagʻash yoʻnalishida 31 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan avtobus buzilib qolgan.

“Qattiq sovuq tufayli dizel yoqilgʻisining muzlab qolishi sababli avtobus toʻxtab qolgan. Aktobe viloyati Xromtau tumani qutqaruvchilari tomonidan yoʻlovchilar Xromtau shahridagi Sherxon lageriga olib ketilgan. Qurbonlar yoʻq, fuqarolar issiqlik bilan taʼminlangan”, — deyiladi xabarda.

Hozirda avtobusdagi nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling