Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xabariga koʻra, kechagi sovuqdan soʻng, bugun kunduz kuni havo isiy boshlaydi va haftaning oʻrtasiga kelib, kunduzgi havo harorati +22...+25 darajaga yetadi, janubda baʼzi joylarda +26...+28 darajagacha boʻladi.
Haftaning ikkinchi yarmida Qozogʻiston boʻyicha oʻtayotgan antitsiklon respublika hududi boʻyicha kunduzgi havo haroratini +18...+20 darajagacha biroz pasaytiradi.
15-16-mart kunlari respublikaning shimoliy va choʻl hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 13-15-martda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun kunduzi va hafta oxirigacha havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yoʻnalishda birozdan oʻrtachagacha boʻlgan tezlikda esadi. Havo harorati asosan +18...+22 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling