Avvalroq Toshkentda 16 yoshli bola mashina haydab, YPX inspektorini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Kichik serjant Xosilbek Eshnazarov hodisa oqibatida 3 kun shifokorlar nazoratida bo‘lgan.
Ammo u ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi.
Xosilbek Eshnazarov 2022-yildan ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Uning ortidan ota-onasi farzandisiz, ayoli turmush o‘rtog‘isiz, 2 nafar o‘g‘il va 1 nafar qizi otasiz qoldi.