JSST rahbari Tedros Gebreyesus Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurash yetakchisi deya e‘tirof etdi

Toshkentdagi Respublika bolalar onkologiyasi markaziga birgalikdagi tashrifi chog‘ida u Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondining faoliyatini yuqori baholadi.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurash yetakchisi deya e‘tirof etdi.

Toshkentdagi Respublika bolalar onkologiyasi markaziga birgalikdagi tashrifi chog‘ida u Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondining faoliyatini yuqori baholadi.

Tedros Gebreyesusning ta‘kidlashicha, aynan Birinchi xonim rahbarligida Fond bolalar onkologiyasi sohasidagi tibbiy xizmatlarni keng ko‘lamda yaxshilash hamda butun mamlakat bo‘ylab “Mehrli maktab” gospital-maktablarining noyob tarmog‘ini yaratishda muhim o‘rin tutmoqda.

Birinchi xonimning tashabbuslari tufayli shifokor va pedagoglarning sa‘y-harakatlari bir maqsad yo‘lida birlashtirildi. 

Endilikda onkologik xastalikka chalingan bolalar kompleks yondashuv asosida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda: ular nafaqat zamonaviy muolajalarni, balki sog‘ayib ketishi va to‘laqonli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan uzluksiz ta‘lim va ijtimoiy ko‘makni ham olmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling