Navoiy viloyatida 4 balli zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Respublika FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 4-yanvar kuni Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 04:31 da yer qimirlagan.
Zilzila koordinatalari: 42,06 gradus shimoliy kenglik; 64,35 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 414 km shimoliy-gʻarbda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling