2022-yil davomida 73 ming o'zbekistonliklar haj va umra ziyoratlarini amalga oshirgan

Oʻtgan bir yil davomida 12 ming 045 nafar ziyoratchilar Haj amallarini, 61 mingdan ortiq ziyoratchilar esa Umra amallarini ado etgan

Foto:  Ozodlik Radiosi<br>

Foto:  Ozodlik Radiosi

2022-yil davomida 73 ming oʻzbekistonliklar haj va umra ziyoratlarini amalga oshirgan. Bu haqda Din ishlar boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi Sirojiddin Salomov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida fuqarolar uchun Haj va Umra ziyoratlari yuqori saviyada tashkil etilgan. Shuningdek, oʻtgan bir yil davomida 12 ming 045 nafar ziyoratchilar Haj amallarini, 61 mingdan ortiq ziyoratchilar esa Umra amallarini ado etgan.

“Fuqarolarimizning muqaddas ziyoratga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirish maqsadida Jamoatchilik kengashi qarori asosida Haj va Umra safarlarini tashkil etish yangi bosqichga koʻtarildi.

Xususan, Umra safariga boruvchi ziyoratchilar sonini belgilash boʻyicha kvota olib tashlandi, natijada respublikamizning ayrim hududlarida navbatlar tugatildi, baʼzilarida esa navbatlarining sezilarli darajada kamayishiga erishildi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar