Foto: Open source
Bir kun avval O‘zbekistonning aksariyat viloyatlari maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida o‘qishni tiklashga qaror qildi.
Facebook foydalanuvchilariga bu qaror yoqmadi va bugungi ta’lim muassasalaridagi ahvol haqida ma'lum qilishdi. Tegishli xabar "Потребитель" guruhida joylashtirilgan.
"Ikki kishidan iborat sinflarda ikki bolaga yangi mavzuni qanday tushuntirish kerak? Keyin yana hammaga tushuntirish kerakmi? Shunchaki masxara”, — deydi toshkentlik obunachi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent maktablarida 11-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich oʻqish tiklangani 10-yanvar kuni soat 22:47 da maʼlum boʻlgan edi.
"Ular odamlarni haqorat qilmoqda! Agar maktab 11-yanvardan boshlanadi, degan qarorga kelsangiz ham, nega bolalar va ota-onalar tayyor bo‘lishi uchun bu kunni avvalroq e’lon qilib bo‘lmaydi”, — deya izoh berdi obunachilardan biri hokimlik qaroriga.
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ham ushbu tushunarsiz qarorlarga o'z munosabatini bildirdi.
"Qiziq, nega koʻpchilik darsga kelishmadi, ekan-a? Axir hokimlar tungi soat 10-11 da uyma-uy yurib, hammani uygʻotib, ertaga dars boʻlishini aytib chiqishmadimi? Tovba, odamlarga ham hayronsan, mundoq bir internetga qarab turishsa boʻlmasmidi, yarim kechasi aytiladigan xabarlarni ham oʻqishga majburku", deydi bloger.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling"Tarmoqlarda koʻplab insonlar, oʻqituvchilar maktablarda 2-3 nafar bolalar kelganini yozishmoqda. Janob hokimlar, marhamatingizning cheki yoʻq. Nimaga erishdingiz? Endi taʼlim kuchayib ketadimi? Hilola Oʻktamovna, endigina vazir boʻlishingiz bilanoq oʻzingiz qoʻl qoʻygan qaror amalda boʻlmayotganini koʻryapsizmi? Faqat tomosha qiling", deb yozadi telegramdagi Safar kanali.