Foto: Sputnik
Buxoro viloyati umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida 11-yanvar kunidan anʼanaviy tarzda oʻqish boshlangan edi.
Viloyat hokimligi sovuq ob-havo sharoitida koʻpchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha taʼlim muassasalarida oʻqish 16-yanvar kunidan boshlanishini maʼlum qildi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim maskanlari ham oʻz ishini 16-yanvardan boshlashi belgilandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling