Foto: Repost.uz
Oʻzbekiston hududiga Volgaboʻyi hududlaridan Rossiya Yevropa qismi shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi natijasida ayrim hududlarda havo harorati 27 darajagacha sovib ketishi haqida xabar berilgandi.
Natijada Oʻzbekistondagi barcha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati uzaytirildi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Oʻzbekistonda kutilayotgan anomal sovuq munosabati bilan hokim oʻrinbosarlari va qator boshqarmalar boshliqlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazib, ularga bir qator vazifalar yuklatildi.
Jumladan, 9-yanvardan 18-yanvargacha shahar va tuman hokimliklarida, boshqarmalar va ularning tuman boʻlimlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlarni oʻtkazishni taqiqlagandi hamda poytaxtdagi tugʻruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik taʼminotini alohida nazoratga olish, ulardagi mavjud elektr generatorlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash, toʻxtovsiz ishlashi uchun shay holatga keltirishni topshirildi.
Poytaxt hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkentdagi shifoxonalarga dizel generatorlarini oʻrnatish boshlandi
Xabarda keltirilishicha, Oʻzbekistonda kutilayotgan anomal sovuq sabab Toshkent shahridagi shifoxonalarda elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmasligi uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilingan dizel generatorlarini poytaxtdagi shifoxonalarga oʻrnatish boshlandi. Shuningdek, obodonlashtirish bosh boshqarasi xodimlari ham qoʻshimcha vositalar bilan taʼminlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling