Toshkent shahrining yangi hokimi Ortiqxo'jayevning yordamchisini ishdan oldi

Muzaffar Abdurahmonov bu lavozimda 2021 yildan beri ishlab kelmoqda

Foto:  Toshkent shahar hokimligi<br>

Foto:  Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov sobiq hokim Jahongir Ortiqxoʻjayevning yordamchisi Muzaffar Abdurahmonovni ishdan boʻshatdi. Bu haqda tegishli qarorda qayd etilgan.

Hujjatga koʻra, Abdurahmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 13-yanvar kuni oʻz iltimosiga koʻra bekor qilingan. U 2021-yildan buyon hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

Bundan tashqari, Abdurahmonov 2018-yilda Toshkent shahar Davlat Soliq bosh boshqarmasida Soliq huquqbuzarliklarining profilaktikasi boʻlimi boshligʻi, “Farhod dehqon” bozori Kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Muzaffar Abdurahmonov Jahongir Ortiqxoʻjayevning eng yaqin kishilaridan biri boʻlib, poytaxt hokimligining (yer uchastkalari, binolar, bozorlar) munitsipal yoʻnalishini boshqargan edi.

Maʼlum qilinishicha, Baxtiyor Rahmonov deputat va kengash rahbari boʻlmagani uchun qarorni poytaxt kengashi raisi oʻrinbosari Toshpoʻlat Matiboyev imzolagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevni lavozimidan ozod qilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq davlat rahbari Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmatiga uning faoliyatini tekshirish boʻyicha topshiriq bergan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling