Foto: Nasafnews
Qarshi shahar Ravoq mahallasida joylashgan viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida 2022-yilning 24-dekabr kuni tongda portlash sodir boʻlgani xabar qilingandi.
Portlashga shifoxonaning ikkinchi qavatidagi xonalardan birida toʻplangan gaz-havo aralashmasi sabab boʻlgani aytilgandi.
Portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgandi. Ulardan biri marhum atoqli shoir Abdulla Oripovning singlisi 74 yoshli Oysara Ubaydullayeva ekani maʼlum boʻldi.
Oysara Ubaydullayeva 2022-yil 30-dekabr kuni 80 foiz kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “Nasafnews”ga marhumaning yaqinlari maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida portlashdan oldin marhuma Oysara Ubaydullayeva turmush oʻrtogʻi bilan davolanayotgan boʻlgan. Hozirda marhumaning turmush oʻrtogʻi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida davolanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling