Foto: Telegram
Qashqadaryodagi shifoxonalarning birida portlash sodir boʻldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Foto: Telegram
Qayd etilishicha, voqea 24-dekabr taxminan soat 07:00 larda sodir boʻlgan. Unga koʻra, Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga Qarshi shahar “Ravoq” mahallasida joylashgan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga qarashli salomatlikni tiklash shifoxonasi ikkinchi qavatidagi xonalardan birida chaqnash sodir boʻlgan.
Foto: Telegram
Yuz bergan hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Foto: Telegram
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Telegram
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling