Buxoro turizm markazi aholi va UNESCO bilan kelishgan holda boshqa yerda qurilishi mumkin

Mazkur loyiha puxta ishlab chiqilgandan soʻng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan oʻtkaziladi

Foto: UzReport.news<br>

Foto: UzReport.news

Buxoro turizm markazi qurilishi boʻyicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikri inobatga olib, boshqa maqbul yer maydonlari tanlanadi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirda “Buxoro turizm markazi” loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Uning loyihasi puxta ishlab chiqilgandan soʻng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan oʻtkaziladi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur loyiha boʻyicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, boshqa maqbul yer maydonlari tanlanadi.

Xabarga koʻra, YUNESKO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingan holda, yakuniy qaror qabul qilinadi va shundan soʻng qurilish ishlari boshlanadi.

13-yanvar kuni buxoroliklar markaz qurilishidan norozi boʻlib, prezidentga murojaat yoʻllagan edi. Murojaatda aholi Buxoro shahri qoq markazida 2023-yilda turizm markazi qurilishi doirasida shaharning Ibrohim Moʻminov va Mustaqillik koʻchalari atrofidagi barcha bino va inshootlar, jumladan, katta sport majmuasi ham buzilishidan norozilik bildirishgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling