Videodan lavha
Samarqand viloyatida Nexia-3 va Spark oʻrtasida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4-yanvar kuni soat 20:00 atrofida Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida Nexia-3 haydovchisi mashinani katta tezlikda boshqarib, yoʻlning qiya burilish joyida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Natijada, Nexia-3 yoʻlning qarama-qarshi qismidan kelayotgan Spark avomashinasi bilan toʻqnashgan.
Ushbu YTH natijasida Spark haydovchisi va yoʻlovchisi hamda Nexia-3 haydovchisi ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq Samarqandda ikki piyoda Audi mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo'lgani xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling