Foto: The Sun
Argentinalik futbolchi Lionel Messi Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga 3,5 million yevro xayriya qildi. Bu haqda Tirana Post xabar bermoqda.
Argentinalik o‘z fondidan tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan odamlarga yordam yuborishni so‘radi, deyiladi xabarda.
Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on zilzila qurbonlari soni 15 mingdan oshganini ma'lum qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, seshanba kuni Oʻzbekistondan uchinchi gumanitar yuk Gaziantepga yetib bordi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling