Qozog'iston O'zbekiston va Rossiya bilan gaz ittifoqi tuzish taklifiga izoh berdi

Bu tashabbus o‘tgan yilning noyabr oyida Putin tomonidan ilgari surilgan edi

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov O‘zbekiston va Rossiya bilan uch tomonlama gaz ittifoqi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

"Hozirda uch tomonlama gaz ittifoqini tuzish bo‘yicha rasmiy takliflar olganimiz yo‘q. Qachon olsak, ko‘rib chiqamiz”, dedi Alixan Smailov.

Smailovning taʼkidlashicha, ayni damda Rossiya bilan gaz taʼminoti sohasida hamkorlik boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar olib borilmoqda.

2022-yil noyabr oyi oxirida Prezident Vladimir Putin Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzishni taklif qildi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, Rossiya rahbari gaz ittifoqi haqida gapirgan.

O‘z navbatida, Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak O‘zbekistonning uch tomonlama gaz ittifoqini yaratishdan manfaatdorligini ma'lum qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling