Putin taklif qilgan Rossiya, O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi uch tomonlama ittifoq qanday bo'ladi?

Gap “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish haqida bormoqda

Foto: Baige<br>

Foto: Baige

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan uch tomonlama ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda Qozogʻiston rahbari Qosim-Jomart Toʻqayevning so‘zlariga tayanib, "Interfaks" xabar bermoqda.

“Vladimir Vladimirovich Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida uch tomonlama ittifoq tuzishimiz kerakligini aytdi va u mana shu masalada Oʻzbekiston prezidentiga qoʻngʻiroq qilmoqda”, — deydi Toʻqayev.

Qozogʻiston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibayning maʼlum qilishicha, gap Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistondan iborat “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish haqida bormoqda.

"Prezidentlar Qosim-Joʻmart Toʻqayev va Vladimir Putin ushbu masalaga barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda oqilona yechim topish uchun uch davlat ekspertlari ishtirokida batafsil muzokaralar olib borish zarur, deb hisoblaydilar”, — deydi Jeldibay.

Bundan oldin Qosim-Jomart Toʻqayev Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv oʻtkazib, gaz sohasi yuzasidan muhokama qilgan edi.

"Istalgan natija va kelishuvlarga erishish uchun biz ham hech boʻlmaganda bu mavzuni chuqur oʻrganishimiz kerak. Aslida biz bunga tayyormiz”, — deydi Toʻqayev Mixail Mishustin bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling