Turkiyada zilzila qurbonlari soni 284 nafarga yetdi

Zilzila epimarkaz atrofidagi, jumladan, Qahramanmarash, Hatay, Usmaniya, Adyaman, Gaziantep, Shanliurfa, Diyarbakir, Malatya va Adanada kuchli sezilgan.

Foto: Open source

Foto: Open source

Avvalroq bugun, 6-fevral kuni soat 04:17 da Turkiyaning Qahramanmarash shahri Pazarjik tumanida 7,4 magnitudali zilzila sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.

Dastlabki zilziladan soʻng, soat mahaliy vaqt bilan 5:17 dan 11:04 ga qadar yana 100 dan ortiq yer silkinishlari sodir boʻldi. Ular 3,5-6,6 magnituda orasida sodir boʻlgan.

Zilzila epimarkaz atrofidagi, jumladan, Qahramanmarash, Hatay, Usmaniya, Adyaman, Gaziantep, Shanliurfa, Diyarbakir, Malatya va Adanada kuchli sezildi.

Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish tashkiloti (AFAD)ning maʼlum qilishicha, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hozirgacha Qahramanmarashda 70, Gaziantepda 80, Shanliurfada 13, Diyarbakirda 14, Adanada 10, Adyamanda 13, Usmaniyda 20, Hatayda 4, Kilisda 8 va Malatyada 47 nafar – jami 284 nafar fuqaro tabiiy ofat qurboni boʻlishgan.

Shuningdek, 2 323 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.

Turkiya tabiiy ofatlarga qarshi kurash rejasi doirasida zilzila darajasi 4-darajali deb eʼlon qilingan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi uchrashuvlarda Favqulodda vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirish markazi (ERCC) orqali hududlarda qidiruv va qutqaruv sohasida xalqaro yordam soʻraldi. Gollandiya, Ozarbayjon va Angliya kabi koʻplab mamlakatlardan allaqachon yordam takliflari olingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling