SSV “elektron retsept” tizimi bekor qilinmaslgini bildirdi

Taʼkidlanishicha, buyruq loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. 

Avvalroq "Elektron retsept" tizimi bosqichma-bosqich bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur buyruq loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. 

Vazirlikning 2025-yil 15-dekabrdagi buyrug‘ida “Elektron retsept” tizimi asosida beriladigan dori vositalarining ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. 

Birinchi bosqichda tizimli taʼsirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘lishi belgilangan. 

Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tumanda joylashgan barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga to‘liq o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar