O'zbekistondan Afgʻonistonga temir yoʻl qatnovi qayta tiklanishining taxminiy sanasi maʼlum qilindi

Kelgusi hafta boshida Afg‘onistonga temir yo‘l transportini tashkil etish bo‘yicha yangi kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan.

Avval xabar berilganidek, so‘nggi kunlarda, 2022-yil dekabr oyida Afg‘onistonning maxsus komissiyasi bilan ko‘rib chiqilib, kelishilgan “Sogdiana trans” ShK va Afg’oniston temir yo’llari o‘rtasidagi yangi shartnoma shartlarini Afg’oniston temir yo’llari boshqarmasi rahbari tomonidan yangitdan sharhlanishi va bunda ommaviy axborot vositalarida o’zbek tomonini ayblashga harakat qilayotganayotgani hamda kelishilgan xizmat qiymatlarini boshqacha talqin qilib o‘zini oqlash uchun foydalanayotgani tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda O'zbekiston Temir yo'llari xabar bermoqda.

Takidlash joizki, Afg‘oniston tomonidan Xayraton stansiyasida amalga oshirishi lozim bo‘lgan texnik ishlarini, o‘zlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshira olmagani to‘g‘risida xech qanday tushuntirish berilmayapti. Eslatib o‘tamiz, Xayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni bo‘shatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi “Mansor Fateh” kompaniyasini bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan edi.

Afsuski, ushbu tashkilot 31-yanvarga qadar Xayraton stansiyasida kelishilgan muddatda ishlarni tashkillishtirishga ulgurmagan.Bundan tashqari “Sogdiana trans” ShK tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida vaqtinchalik avtomobil transporti orqali yuklar tashuvini tashkillashtirishda yordam berishiga qaramay, qo’shni davlat tomoni tadbirkorlarga yuklarni avtomobil transporti orqali tashimaslik to‘g‘risida tavsiya berayotgani xaqida ma’lumotlar kelmoqda.

Shu bilan birga, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga ko‘ra keyingi xafta boshida Termiz shahrida Afg‘onistonga temir yo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Xayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha “Sogdiana trans” ShK va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.Shartnoma imzolangan kundan boshlab Gʻalaba – Xayraton temir yo‘li ochilishi haqidagi yangiliklarni ma’lum qilamiz.  

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling