Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2022” hisobotiga ko‘ra, 86 ta mamlakatda ushbu jins vakillari hali ham ish joylari bo‘yicha turli cheklovlarga duch kelmoqda.
Hisobotga ko'ra, dunyoda 2,4 milliard ayol erkaklarnikiga teng iqtisodiy imkoniyatlarga ega emas. O‘zbekistonda ish tanlash bosqichida ham kamsitilish holatlari uchrab turadi. Bo'sh ish o'rinlari e'lon qilinadigan tematik saytlarda ko'pincha "faqat erkaklar talab qilinadi" degan yozuvni ko'rish mumkin.
Head Hunter ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilda ish haqining oshishi erkaklar orasida ko'proq bo'lgan, bunda erkaklar orasida 30 foizga, ayollar o'rtasida esa 23 foizga oshgan. Shunisi e'tiborga loyiqki, tadqiqotlar Rossiya bozorida o'tkazildi, ammo jinsga asoslangan tanlangan munosabatlar tendentsiyasi boshqa ko'plab mamlakatlarda mavjud.
Iqtisodiyot Oliy maktabi tadqiqotchilarining fikriga ko'ra, erkaklar va ayollar o'rtasidagi ish haqi farqi deyarli 70% ga yetadi. Chunki ko'plab chet el kompaniyalarida ayollardan ko'ra ko'proq erkaklar tavakkalga qo'l uradi. Tabiiyki, ayollar oilasi va farzandlari sabab ko'p holatlarda tavakkalchilikdan cheklanadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlari, umuman, jinsi bo‘yicha kamsitishlardan himoyalanish endi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqchi. Mamlakatning asosiy qonuniga kiritilgan o‘zgartishlarda ana shunday takliflardan biri shu masalaga qaratilgan.
Qayd etilishicha, 37-moddani kengaytirish taklif qilinmoqda. Konstitutsiyaning amaldagi tahririda barcha fuqarolarning iqtisodiy huquqlari mustahkamlangan. Xususan, unda har bir inson mehnat qilish, erkin ishni tanlash, adolatli mehnat sharoitlari va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi aytilgan.
Ma'lum bo'lishicha, konstitutsiya loyihasining taklif etilayotgan variantida homiladorlik yoki bolalar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ayollarni ishga olishni rad etish, ularni ishdan bo‘shatish va ish haqini kamaytirishni taqiqlash tashabbusi bilan chiqilgan.
Bundan tashqari, har bir ishlaydigan ayol homiladorlik va farzandli bo'lish holatida haq to'lanadigan ta'til va yangi tug'ilgan bolani parvarish qilish yoki bola asrab olish uchun ta'til olish huquqiga ega bo'lgan bandni yozish taklifi bildirilgan.
Ushbu yangilik mehnat bozoridagi vaziyatni o'zgartirishga qaratilgan qadam bo'lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, bu yangilik, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga xizmat qiladi.