Jennifer Lopes konserti munosabati bilan “Toshshaxartransxizmat” tomonidan konsert ishtirokchilari uchun maxsus avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Bu avtobuslar orqali fuqarolar konsertga xavfsiz va o‘z vaqtida yetib borish mumkin. Avtobuslar quyidagi manzillardan harakatlanadi:
- City Mall savdo ko‘ngilochar majmuasi oldi maydoni;
- Hyatt Regency mehmonxonasi oldi maydoni;
- Humo Arena muz saroyi oldi maydoni.
Harakat soat 16:00 dan boshlanadi va avtobuslar to‘xtovsiz qatnovni amalga oshiradi. Avtobuslar harakati bepul amalga oshiriladi.
Avtobuslarning old oynasida "Bunyodkor stadioni" degan yozuv bo‘ladi — aynan shu belgiga qarab tanib olish mumkin.