Buxoroda “otkat” olishga uringan bosh hisobchi va uning o‘rinbosari ushlandi

Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Romitan tumanida kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzadi

Bosh hisobchisi o‘zining o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib ko‘rsatish orqali, yaʼni har bir choyshabni 90 ming so‘mdan emas, balki 190 ming so‘mdan hisoblab, umumiy harajatlar summasini 76 mln so‘m qilib ko‘rsatadi. 

Natijada ortiqcha hisoblangan 40 mln so‘m “otkat”ni MCHJ ish yurituvchisidan talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi. 

Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling