Toshkentdagi jamoat joylarida 21 kunda o‘tkir tig‘li ashyolarni olib yurgan 1631 nafar shaxs aniqlandi

Ulardan 1715 dona ashyolar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Toshkent shahar IIBB poytaxtda 21 kun o‘tkazilgan “Tig‘” maxsus profilaktik tadbirlari natijalari yuzasidan maʼlumot berdi

Maʼlum qilinishicha, poytaxt ko‘chalari va jamoat joylarida o‘tkir tig‘li ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 1631 nafar shaxs aniqlandi. Ulardan 1715 dona ashyolar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Aniqlangan ashyolardan 1614 tasi pichoq, 17 tasi kastet, 19 tasi bita, 7 tasi pnevmatik qurol, 2 tasi elektroshoker bo‘lsa, qolgan 56 tasi turli ko‘rinishdagi tig‘li jismlarni tashkil etdi. 

Maʼlumot uchun, sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling