Toshkent metallurgiya zavodi Yangihayot tumani (Binokor mahallasi) 50-uyda istiqomad qiluvchilarga o‘z mahsulotlaridan tayyorlangan profnastilni bepulga berdi. Bu uyning avval yopilgan tomini kuchli shamol uchirib ketgan ekan.
TMZ sifat departamenti ekspertlari uyning tomi yopilgan metallni (profnastil) tahlil qilishdi. Profnastil tayyorlangan metall tom yopish mahsulotlari uchun standart talablariga javob bermadi(rux qoplama massasi R 60 ega bo’lib qalinligi 0,32 mm edi), shuning uchun u shamoling shiddatiga dosh bera olmagan va mahkamlagichlaridan ajralib ketgan.
Tom – uyning eng muhim himoya elementi hisoblanadi, shuning uchun ham u xavfsiz va ishonchli bo'lishi kerak albatta. Metall tom yopish vositasini tanlayotganda, xaridor ishlab chiqaruvchini bilishi juda muhimdir.
TMZ o’z mahsulotlaridan tayyorlangan profnastil sifatiga kafolat beradi, rux qoplamasining kamida R100 massaga ega 0,45 mm qalinlikdagi po'lat tunukalar barcha kerakli xususiyatlarga egadir va bu o’z navbatida yuqori sifatli profillash uchun zarur bo'lgan egiluvchanlik va og’ir ob-havo sharoitlarida shaklning o’zgarishiga qarshi chidamliligini kafolatlaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling